Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sinovli mashqlar — haqiqiy tayyorgarlik
12:08 / 2026-01-13

Jizzax viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maxsus qutqaruv otryadida qutqaruvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan kunduzgi va kechki o‘quv mashg‘ulotlari izchil ravishda o‘tkazilmoqda.

Mashg‘ulotlar jarayonida shaxsiy tarkib jismoniy chidamlilikni oshirish, maxsus texnika va asbob-uskunalardan to‘g‘ri hamda samarali foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda. Ayniqsa, turli murakkab va ekstremal sharoitlarni ifoda etuvchi amaliy mashqlar qutqaruvchilarning kasbiy tayyorgarligini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Kunduzgi mashg‘ulotlarda aniq harakatlar va hamjihatlikka e’tibor qaratilsa, kechki o‘quvlar qorong‘u va cheklangan ko‘rinish sharoitida ish olib borish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Bu esa real favqulodda vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari favqulodda holatlarning oldini olish, ular sodir bo‘lgan taqdirda esa inson hayotini saqlab qolish va oqibatlarni qisqa fursatda bartaraf etishda qutqaruv xizmatlari faoliyati samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Abdujalol Qayumov, O‘zA muxbiri