Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sinovli kunlar bizga saboq bo‘ladi
13:19 / 2023-01-18

Yurtimizda bir necha kun hukm surgan anomal sovuq va qalin qor yog‘ishi mamlakatimiz aholisi uchun, ayniqsa, kommunal sohalar - tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suv ta’minoti, qo‘yingki, hayotimizning barcha jabhasida qiyinchiliklar, muammolarni yuzaga keltirdi. Ochig‘i, yuzaga kelgan ana shu holat xalqimiz, yurtdoshlarimiz sabr-bardoshini, hamjihatligini yana bir bor sinovdan o‘tkazdi.

Prezidentimiz raisligida joriy yilning 16 yanvar kuni qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda sohalar hamda hudud rahbarlarining qish mavsumiga, favqulodda holatlarga zarur darajada tayyorgarlik ko‘rmaganliklari keskin tanqid qilindi. Shuningdek, ayozli kunlarda hokimlar, sektor rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari uyma-uy yurib, aholidan xabar olishi, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan yolg‘iz qariyalar, ko‘p farzandli ehtiyojmand oilalarga issiq kiyim, oziq-ovqat tarqatish, eng og‘ir hollarda ularni sharoiti bor joylarga joylashtirish, mahallalarda issiq ovqat tarqatish punktlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalar topshirildi.  

Ana shu vazifalardan kelib chiqib, qolaversa, bugungi sinovli kunlarda partiyamiz tomonidan ham bir qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, ehtiyojmand aholi vakillari, nogiron, yakka yolg‘iz yashayotgan fuqarolar, shu bilan birga, bugungi kun qahramonlari yo‘llarni qor uyumlari, muzlardan tozalayotgan obodonlashtirish tizimi ishchilari holidan xabar olish, ularga ko‘maklashish maqsadida “Mehr-saxovat ulashish” aksiyasi o‘tkazilmoqda.  

Aksiya doirasida partiya faollari, deputatlar tomonidan hasharchilar, kunni tunga ulab mehnat qilayotgan turli soha xizmatchilari hamda ehtiyojmand aholi vakillariga issiq qahva, choy va yeguliklar ulashilmoqda, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilmoqda. O‘tgan ikki kun davomida sektor rahbari, joylardagi mutasaddi va mas’ullar bilan birgalikda Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Uchtegirmon, Eshonobod, Navnihol, Turonzamin, Norbo‘ta, Beshkaltak hamda Namuna mahallalarida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga ko‘mir va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Xalqimiz barcha davrlarda har qanday tashvishu quvonchda bir-biriga yelkadosh bo‘lgan, sinovlardan eson-omon o‘tgan. bugungi sinovli kunlarni ham hamjihatlik bilan yengib o‘tamiz. Eng asosiysi, tabiatning bu sinovi har bir tizim rahbarining, ayniqsa, kommunal soha mutasaddilarining o‘z ishiga, bajarayotgan vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi naqadar muhimligini yana bir bor ko‘rsatdi. Ishonamanki, ushbu sinov bizga saboq bo‘ladi.  

Shukrki, tashvishli kunlar ortda qolmoqda. Lekin Prezidentimiz tashabbusi bilan anomal sovuq yuzaga keltirgan asoratlarni bartaraf etish, qiynalgan aholiga ko‘maklashishga qaratilgan xayrli ishlar viloyatning barcha tuman va shaharlarida davom etmoqda.  

Xurshidaxon Xalilova,

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Andijon viloyati kengashi raisi.  

 

O‘zA