Yurtimizda vaksinatsiya jarayonlari tizimli ravishda olib borilmoqda.
Aholining emlanishi uchun zarur preparatlar zaxirasi muntazam ravishda to‘ldirib borilmoqda.
Yurtimizga Turkiya hukumati tomonidan do‘stlik va xayrixohlik belgisi sifatida yuborilgan vaksina va dori preparatlari ana shunday tadbirlardan biri, deb aytish mumkin.
Turkiya hukumati tomonidan O‘zbekistonga beg‘araz yordam sifatida "COVID-19"ga qarshi 200 ming doza Xitoyda ishlab chiqariluvchi “Sinovak” vaksinasi, shuningdek, 20 ming quti “Favipiravir” dori preparatlari yuborildi. Bunga O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida grant yordamiga oid imzolangan bitim asos bo‘ldi, deya xabar bermoqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati matbuot xizmati.
Ushbu vaksina va dorilardan iborat yuk Istanbul – Toshkent reysi bilan bugun tongda mamlakatimizga keltirildi. Shunday qilib, mazkur “Sinovak” vaksinasi mamlakatimizda koronavirusga qarshi qo‘llanilayotgan oltinchi vaksina bo‘ldi.
Mohigul Qosimova,
O‘zA