Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sinoptiklar Rossiyada o‘rmon yong‘inlari avj olishini aytmoqda
15:34 / 2021-08-23

Yaqin kunlarda Volgabo‘yi, Xabarovsk o‘lkasi, Ural va Yoqutiston janubida kuchli yong‘in xavfi kutilmoqda.

Bu haqda Rossiya gidrometeorologiya markazi ilmiy direktori Roman Vilfand xabar berdi.

– Volga federal okrugi va Uralda issiqlik tufayli yong‘in xavfi juda yuqori, o‘rmonlarda tabiiy yong‘in o‘choqlari paydo bo‘lishi mumkin, – dedi u.

Vilfandning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kunlarda Yoqutiston janubida va Xabarovsk o‘lkasida o‘rmon yong‘inlari xavfi yuqori bo‘lishi kutilmoqda. “Qiyin vaziyat, chunki yuqori harorat kuzatiladi, aholini ehtiyotkorlikka chaqiramiz”, – degan o‘z intervyusida meteorolog.