French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Singapurning “Exciton systems Pte. Ltd.” kompaniyasi vakillari Namanganda
11:13 / 2023-11-02

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Singapurning “Exciton systems Pte. Ltd.” kompaniyasi boshqaruvchisi Ilya Shegay boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida viloyat rahbari delegatsiya a’zolariga viloyati salohiyati, geografik joylashuvi va ijtimoiy-iqtisodiy holati bo‘yicha ma’lumot berdi. 

Tadbir davomida xorijiy kompaniya vakillari bilan qishloq xo‘jaligi irrigatsiya tizimlarida IT yo‘nalishi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida irrigatsiya tizimlari imkoniyatlari bo‘yicha o‘rganish tashkil etishga kelishib olindi.

[gallery-14348]

O‘zA fotomuxbiri
Hotam Mamadaliyev olgan suratlar