English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Singapurlik investorlar yangi loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda
19:02 / 2021-08-16

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida “Western International New Building Materials” yirik Singapur qurilish kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari A.Voitov va Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov ishtirok etdi.

Unda O‘zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqarishda Singapur kompaniyasining investitsiyaviy faoliyatini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, kompaniya hozirda klinker sement ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha loyihani amalga oshirish imkoniyatlari ustida ish olib borayotgani ma’lum qilindi.

O‘zbekiston tomoni ushbu sohaning investitsiyaviy va sanoat salohiyati haqida batafsil ma’lumot berdi. Mamlakatimizda qurilish materiallari ishlab chiqarishga iqtisodiy o‘sish drayverlaridan biri sifatida alohida e’tibor qaratilayotgani va shu sababli Singapur kompaniyasi ushbu loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishi uchun barcha shart-sharoitlar mavjudligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar loyihani ilgari surishni jadallashtirish va yuzaga kelayotgan masalalarni zudlik bilan hal etish maqsadida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.

O‘zA