Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Singapurda uchuvchisiz uchish taqiqlanadi
13:38 / 2023-11-20

Singapur fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi (CAAS) va mamlakat politsiyasi (SPF) ma’lum qilishicha, 21 noyabrdan boshlab hukumat uchuvchisiz uchish moslamalarining transchegaraviy parvozini taqiqlaydi.

– Singapur chegaralarini biror yo‘nalishda noqonuniy kesib o‘tayotganda qo‘lga olingan har qanday uchuvchisiz uchoq operatori jinoiy javobgarlikka tortiladi, – deyiladi agentliklar qo‘shma bayonotida. – Qoidabuzarlarga 50 000 singapur dollari (taxminan 37 000 AQSH dollari) miqdorida jarima, ikki yilgacha qamoq yoki har ikki jazo belgilanishi mumkin.

Rasmiylar, shuningdek, Singapur chegaralarini ruxsatsiz kesib o‘tgan har qanday uchuvchisiz uchoqni yo‘q qilish huquqiga ega bo‘ladi.

– Dron parvozi jamoat xavfsizligiga tahdid solishi mumkin, – deya ta’kidlaydi rasmiylar – Biz hamma joyda uchuvchisiz uchish moslamalari aeroport ishiga xalaqit berishi, kontrabanda yoki terror xuruji kabi jinoiy faoliyat maqsadida ishlatilishini ko‘rayapmiz.