Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Singapurda koronavirusning "omikron" shtammi bilan zararlangan bemorlar orasida dastlabki o‘lim holati qayd etildi
10:37 / 2022-01-23

Bu haqda birinchi bo‘lib mahalliy “Straits Times” gazetasi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, kasallikning yangi varianti asorati bilan dunyodan ko‘z yumgan kampir 92 yoshda ekan. Koronavirusga qarshi emlanmagan ushbu bemorga infeksiya oila a’zolaridan yuqqan.
"92 yasharlik vaksina olmagan ayol «COVID-19»ning "omikron" turi bilan bog‘liq asorat tufayli vafot etdi – bu Singapurdagi ilk o‘lim holati, - deb yozgan nashr.

Vazirlik pandemiya boshlangandan buyon mamlakatda 307 813 kishi koronavirusga chalinib, ularning 846 nafari hayotdan ko‘z yumganini ham qo‘shimcha qilgan.