Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Singapurda AQSH laboratoriyasida ishlab chiqarilgan go‘shtning tijoriy savdosiga ruxsat berildi
10:32 / 2020-12-02

Singapurda dunyoda birinchi bo‘lib AQSHning “Eat Just” kompaniyasi tomonidan laboratoriya sharoitida ishlab chiqarilgan go‘shtning tijoriy savdosiga ruxsat berildi.

“Regnum”da qayd etilishicha, bu haqda mamlakatdagi oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha agentlik matbuot xizmati xabar qilgan.

“Bildirilgan takliflarni baholash va uning xavfsizligi bilan bog‘liq tadqiqotlardan keyin “Eat Just” kompaniyasida ishlab chiqarilgan tovuq go‘shti sotuviga ruxsat berildi”, deyiladi ma’lumotda.

Agentlik rahbari  Tan Li Kimning aytishicha, uning xodimlari yangi go‘sht turining bozorlarga chiqarilishi va savdosi bo‘yicha kuzatuvlar olib boradi hamda ekspertlar bilan uning xavfsizlik darajasi bo‘yicha qo‘shimcha tekshiruvlarni o‘tkazadi.