Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Singapur menejmentni rivojlantirish instituti ilk marotaba attestatsiyadan o‘tkazilmoqda
11:01 / 2021-11-06

Mamlakatimizda davlat oliy ta’lim muassasalari bilan bir qatorda xususiy, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari ham faoliyat olib bormoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingi e’lon qilindi. Ushbu reyting davlat OTMlari o‘rtasida tuzilgan edi. Inspeksiya tomonidan nodavlat ta’lim muassasalari ham bilim darajasini aniqlash maqsadida attestatsiyadan o‘tkazilmoqda. Shunday ta’lim muassasalaridan biri Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutidir.

Institut faoliyati ilk marotaba ta’lim muassasasining arizasiga muvofiq Ta’lim inspeksiyasi tomonidan tashqi baholash jarayoniga jalb etildi. Shu munosabat bilan oliy ta’lim tashkilotida mazkur jarayonning o‘ziga xos xususiyati, uning mazmun-mohiyati va maqsadi hamda oldingi attestatsiya jarayonlaridan farq qiluvchi jihatlari to‘g‘risida institut rahbariyati va ekspertlar, yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lim rahbarlari (katta menejerlar, menejerlar) va maktab (kafedra) direktorlari bilan qisqacha muloqotlar bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida ekspert komissiyasi a’zolari hamda jamoa vakillari o‘zaro fikr almashdi. OTM faoliyatini o‘rganish jarayonida ekspertlar komissiyasi a’zolari tomonidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha uslubiy va amaliy yordamlar ko‘rsatilishi, ta’lim sifatini yanada yaxshilash hamda tayyorlanayotgan kadrlar bilim va ko‘nikmalarini oshirish borasida bevosita suhbatlar (intervyular)ning o‘tkazilishi to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Institutga oliy ta’lim va kasb-hunar ta’limi islohotlari bo‘yicha Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘ining xalqaro maslahatchisi, professor Bastian Bauman ham tashrif buyurib, ekspertlar faoliyati bilan bevosita tanishdi, jarayon sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha fikrlarini bildirdi. Jumladan, ta’lim muassasasida mavjud kamchiliklarning asosiy sabablarini tahlil qilish va bundagi shaffoflik hamda tashqi baholash jarayonining asosiy omillari ekanligini ta’kidladi.

Tashqi baholash jarayonlari davom etmoqda.

Fayzullo Yahyoyev, O‘zA