English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Singapur ishbilarmonlar delegatsiyasi Toshkent shahar hokimligiga tashrif buyurdi
19:40 / 2023-05-25

Bugun “Middle East Business” kompaniyasi vitse-prezidenti Shahzod Nasim boshchiligidagi Singapur ishbilarmonlar delegatsiyasi Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umrzoqov bilan uchrashdi.

Hokim mehmonlarni samimiy qarshi olib, bunday nufuzli delegatsiya bilan muloqot qilish u uchun katta sharaf ekanini ta’kidladi. 

Shuningdek, mamlakatimizdagi qulay sarmoyaviy muhit to‘g‘risida ma’lumot berildi va poytaxtimizdagi loyihalarni amalga oshirishda Singapur kompaniyalari faol ishtirok etayotgani qayd etildi. 

Toshkent shahar hokimligi hudud infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlar qatorida yanada ko‘proq nufuzli kompaniyalarni ko‘rishdan xursand bo‘lishini aytdi.

Shahzod Nasim uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqubning rasmiy tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston - Singapur biznes forumi ikki davlat o‘zaro ishbilarmonlik muloqoti uchun samarali platforma bo‘lganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.
Shundan so‘ng Singapur delegatsiyasi a’zolari o‘zlari vakillik qilayotgan kompaniyalar faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berdi hamda infratuzilma loyihalari, ta’lim, tibbiyot, moliyaviy menejment, biznes to‘lovlar, elektron tijorat, logistika va hokazolar bo‘yicha takliflarni o‘rtaga tashladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy muloqot va hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA