Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sindaoda Farg‘ona burchagi
14:22 / 2026-01-26

Sindao shahrida Xitoy–SHHT pilot zonasi rahbari Chjan Sinchju boshchiligidagi ishbilarmonlar Farg‘ona viloyati tadbirkorlar delegatsiyasi bilan uchrashdi. Unda Farg‘ona viloyatidagi erkin iqtisodiy sanoat zonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma investitsiya va savdo loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

“Ipak yo‘li elektron tijorat” kompleksi Farg‘ona viloyati sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Xitoyga eksport qilish istagini bildirdi.

“Qingdao Galaxy Culture” kompaniyasi rahbari Yuy Xuni bilan Farg‘ona mahsulotlarini Xitoy onlayn platformalarida sotish yuzasidan bitim imzolandi.

Xitoyning yirik parrandachilik va qayta ishlash korxonasi – “Yantai Minxin Food” rahbari Syan Guan esa O‘zbekiston bozoriga kirish va Farg‘ona viloyatida qo‘shma korxona ochish qarorini e’lon qildi.

Imzolangan shartnoma va kelishuvlar yuzasidan xitoylik kompaniya delegatsiyasi yaqin kunlarda Farg‘ona safariga hozirlik ko‘rayotganini bildirdilar.

Muhammadjon Obidov, O‘zA