Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sin Gan: Osiyoda inqirozning oldi olinadi
09:43 / 2023-03-07

Osiyo davlatlari AQSHning Hind-Tinch okeani strategiyasini ilgari surishga urinishlari fonida mintaqada Ukraina ssenariysining takrorlanishiga yo‘l qo‘ymasliklari kerak. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vaziri Sin Gan bayonot berdi.

“AQSHning Hind-Tinch okeani strategiyasi go‘yo erkinlik va ochlikni mustahkamlashga qaratilgan. Lekin, aslida qarama-qarshilikka yo‘naltirilgan. Bizning Osiyo-Tinch okeani mintaqamiz o‘zaro manfaatli hamkorlik maydoniga aylanishi kerak”, dedi vazir matbuot anjumanida.

“Biz Ukraina inqirozining Osiyoda takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaymiz”.

Sin Gan so‘zlariga ko‘ra, aslida Vashington mintaqada bir-biriga qarama-qarshi bloklar shakllanishiga ko‘maklashmoqda.

“NATO mintaqaviy integratsiyaga putur yetkazadigan Osiyoda Tinch okeani versiyasini yaratishga harakat qilmoqda. Buning natijasi esa Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari o‘rtasida “aloqalarning uzilishiga olib keladi”, deb ta’kidladi vazir.

 

O‘zA