English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Simona Xalep 10 yil avvalgi tarixni qaytardi
11:34 / 2018-01-24

“Australian Open – 2018” musobaqasining chorak finalida ruminiyalik Simona Xalep chexiyalik Karolina Plishkovaga qarshi kortga chiqdi.

Avstraliyada xotin-qizlar o‘rtasida o‘tayotgan “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Australian Open – 2018” musobaqasining chorak finalida ruminiyalik Simona Xalep chexiyalik Karolina Plishkovaga qarshi kortga chiqdi.

Uchrashuvda, dunyoning birinchi raqamli tennischisi Simona raqibini 6:3, 6:2 hisobida yengib, yarim finalda germaniyalik Anjelik Kerber bilan o‘ynaydigan bo‘ldi.

Simona chorak finaldagi uchrashuv yakunidan so‘ng bergan intervyusida shunday dedi:

– G‘alabadan xursandman. 2008 yili “Australian Open” musobaqasining o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda yarim finalga qadar yetib borganman. Mana 10 yil o‘tib kattalar o‘rtasida ham yarim finalga chiqdim. Bu men uchun yaxshi natija. Karolinaning kuchli to‘p uzatmalariga qarshi ajoyib usul topganman. Biroq bu haqida sizlarga ayta olmayman. Bu sir! Yarim finalda Anjelikni mag‘lub etish uchun o‘z o‘yin uslubimni o‘zgartirmayman. Hozir esa chorak finaldagi g‘alabamdan rohatlanaman.