Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Silk Road” xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi davom etmoqda
16:41 / 2025-11-13

Joriy yilning 30 noyabr kuni Andijonda Markaziy Osiyo yurish va yugurish akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “Silk Road” II xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Unda 2 ming nafarga yaqin mahalliy va xorijiy yugurish klublari vakillari, professional sportchilar, diplomatlar, talabalar, maktab o‘quvchilari va viloyat aholisi ishtirok etishi kutilmoqda.

Andijonda bo‘lib o‘tadigan mazkur nufuzli sport tadbiri Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi bog‘ majmuasidan boshlanib, shahar markaziga qadar davom etadi.

“Silk Road – Andijan” dasturida 5 km. va 10 km. masofalar, yarim marafon (21 km) hamda “Kids Run” bolalar ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA