Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Silk Avia” aviakompaniyasi Toshkent-Farg‘ona-Urganch yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda
16:54 / 2023-05-25

“Silk Avia” mintaqaviy aviaqatnovi qanday imkoniyatlarga ega va yo‘lovchilar uchun qanaqa qulayliklar yaratilgani haqida Farg‘ona xalqaro aeroportida tashkil etilgan press-turda batafsil ma’lumot berildi.

Ushbu aviatashuvchining tashkil etilishi nafaqat turizmni rivojlantirish va ishbilarmonlik faoliyatini rag‘batlantirish, balki hududiy aviaqatnovlarni rivojlantirish uchun ham muhim qadamdir. Endi “Silk Avia” ko‘magida sayyohlar, turoperatorlar bir shahardan ikkinchi shaharga o‘rtacha bir soat ichida yetib borish imkoniga ega bo‘lgani e’tirofga loyiq.

[gallery-12059]

Bu aviakompaniya ATR 72-600  rusumli havo kemasiga ega bo‘lib, Fransiya va Italiya aviatsiya konserni tomonidan ishlab chiqarilgan. Ushbu samolyotlar 70 yo‘lovchi  sig‘imiga ega bo‘lib, kam yoqilg‘i sarflanadi va xavfsiz, tejamkor,  mahalliy reyslar uchun  mo‘ljallangan.  

Aeroport direktori Mirodil Madaminovning aytishicha, mamlakatimizda mazkur aviakompaniya  70 dan ortiq mahalliy aviareyslarni amalga oshirmoqda. Bular qatoriga Farg‘ona shahri ham  ayni muddao, albatta. 

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA