Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Silga barham berish: Oʻzbekiston tajribasi
19:35 / 2019-11-28

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotiga koʻra, sayyoramizda yiliga 8,6 million kishi sil xastaligiga chalinmoqda. Bir milliondan ortiq bemor esa silning turli asoratlari tufayli vafot etadi.Shu bois, jahon miqyosida bu kasallikning oldini olish, barvaqt aniqlash va davolashning zamonaviy usullarini tatbiq etishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.


Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotiga koʻra, sayyoramizda yiliga 8,6 million kishi sil xastaligiga chalinmoqda. Bir milliondan ortiq bemor esa silning turli asoratlari tufayli vafot etadi.Shu bois, jahon miqyosida bu kasallikning oldini olish, barvaqt aniqlash va davolashning zamonaviy usullarini tatbiq etishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

Mamlakatimizda ham inson salomatligiga jiddiy taʼsir etayotgan ushbu dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammoga qarshi kurashish sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlarning ustuvor yoʻnalishi etib belgilangan. Bugungi kunda respublikamiz sogʻliqni saqlash tizimida silga qarshi kurash ishlarini tashkil etishda tibbiy-profilaktika, diagnostika va davolashning zamonaviy usullari yoʻlga qoʻyilgan. Xususan, birlamchi tibbiy-profilaktika muassasalarida maxsus xonalar tashkil etilgan va zamonaviy tibbiy-tahlil vositalari bilan jihozlangan. Tumanlardagi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda esa kasallikka barvaqt tashxis qoʻyish va erta aniqlash imkoniyati mavjud.

Silga qarshi kurash ishlarini tashkil etishda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya yetilgan “Silga barham berish” strategiyasi va ushbu yoʻnalishda ishlab chiqilgan milliy dastur muhim samara bermoqda. Mazkur strategiyani amalga oshirish natijasida silga chalingan bemorlar standart diagnostika va klinik xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlib, xalqaro standartlarga javob beradigan davo olmoqdalar. Ftiziatriya muassasalarida silga qarshi dori vositalariga chidamli turlarni tashhislashni mukammallashtirish maqsadida 50 dan ortiq oʻta zamonaviy molekulyar diagnostika apparati oʻrnatildi. Uzluksiz va keng qamrovli davolanishni taʼminlash maqsadida silga chalingan bemorlarga yuqori sifatli davolash kursi uchun dorilar bepul beriladi. Dorilarga chidamli silga chalingan bemorlarni davolash uchun zamonaviy qisqa kurslar joriy etilmoqda va silga qarshi yangi dorilar qoʻllanilmoqda.

– Ilgarilari silni aniqlashga 3-4 oylab vaqt talab etilardi, – deydi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Nargiza Parpiyeva. – Tibbiyotga diagnostika va davolashning yangi usullari kirib kelishi natijasida bugungi kunda kasallikka bor-yoʻgʻi 70 daqiqa ichida aniq tashxis qoʻyilmoqda. Ilgʻor operatsiya usullari joriy etilishi, samarali dori-darmonlar qoʻllanilishi natijasida bemorlarning kasallikdan sogʻayish muddati ham 2 yildan 9 oyga qisqardi. Tibbiyotimizdagi bunday muhim yutuqlar tufayli mamlakatimizda sil bilan kasallanish koʻrsatkichi 2 barobarga, oʻlim koʻrsatkichi 4 barobarga qisqardi. Ayni paytda olimlarimiz silga chalingan bemorlarning davolanish kursini olti oyga qisqartirish ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Inson manfaatini taʼminlashga yoʻnaltirilgan bunday muhim chora-tadbirlar samarasida mamlakatimizda sil kasalliklarini davolash boʻyicha yuqori natijalar qayd etilmoqda. Xususan, davolash samaradorligi bugun 87 foizga yetkazildi. Dunyoda ushbu koʻrsatkich 85 foiz. JSST maʼlumotiga koʻra, silga qarshi olib borilgan tadbirlarning natijalari boʻyicha Oʻzbekiston ftiziatriya xizmati Yevropa hududidagi 53 mamlakat orasida kuchli uchtalikdan oʻrin oldi. Yaʼni, Yevropa hududiga kiruvchi 53 mamlakat orasida bu yoʻnalishda ikkinchi oʻrinda turibdi.

Poytaxtimizda oʻtkazilgan Oʻzbekistonda silga qarshi kurashish boʻyicha milliy dasturning 2019-yildagi natijalariga bagʻishlangan konferensiyada Prezidentimizning 2019-yil 13-fevraldagi “Ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya yordami koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bu yoʻnalishdagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim rol oʻynayotgani taʼkidlandi. Mamlakatimizda ftiziatriya boʻyicha olib borilayotgan amaliy ishlar, ilmiy-tadqiqotlar va erishilayotgan natijalarga yuqori baho berildi. Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi va Germaniya KfW taraqqiyot banki hamkorligida tashkil etilgan tadbirda olimlar, shifokorlar, milliy va xalqaro ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.