“O‘zenergoinspeksiya”ning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida “I.D.P.” MCHJga qarashli AYOQSHdagi AI-80 markali avtobenzindan namunalar olib, laboratoriya sharoitida tahlil qilindi.
O‘rganish natijasida mahsulot davlat standartlari talablariga javob bermasligi, ya’ni sifati past ekanligi aniqlangan.
O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli qonuni 43-moddasiga asosan mazkur holat bo‘yicha realizatsiya qilingan 1 638 litr avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.
Shuningdek, saqlanib turgan qoldiq sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va ularning sifatini qayta tiklash yuzasidan tegishli ko‘rsatma berildi. Qoidalarga ko‘ra, og‘irligi 1 tonnadan ortiq bo‘lgan transformatorlar va 110 kV bakli moyli o‘chirgichlar shikastlanganda moy va yong‘in tarqalishining oldini olish maqsadida maxsus moy quvurlari hamda moy qabul qiluvchi sig‘imlar o‘rnatilishi lozim. Ushbu sig‘imlar transformatorning 100 foiz moyini va o‘chirgichning 80 foiz moyini qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi shart.
Shu kabi nazorat tadbirlari Sirdaryo viloyatida ham amalga oshirildi. Inspeksiyaning viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “S.Y.O.” MCHJga qarashli AYOQSHda sotuvga qo‘yilgan AI-92 markali avtobenzindan namunalar olib, laboratoriyada tahlil qilindi.
Tahlil xulosalariga ko‘ra, mahsulot davlat standartlari talablariga javob bermasligi, ya’ni sifati past ekanligi tasdiqlandi. Mazkur qonunbuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonuniga asosan realizatsiya qilingan 9 914 litr avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.
N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA