Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifatsiz motor moyi — avtomobil dvigatelingizga xavf
12:36 / 2025-10-29

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Jizzax viloyati bo‘limi mutaxassislari tomonidan Jizzax shahrida sotilayotgan "LUX" savdo belgili universal motor moyi mahsulotida nazorat xaridi o‘tkazildi.

Akkreditatsiyalangan laboratoriyada o‘tkazilgan sinov natijalariga ko‘ra, mahsulot amaldagi texnik reglament talablariga javob bermasligi aniqlangan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday sifatsiz motor moyi avtomobil dvigateliga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa ortiqcha ishqalanish, dvigatelning qizib ketishi va ichki detallarning erta ishdan chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Hamroz Bayanov,

O‘zA