Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifatsiz mahsulotlar savdosiga yo‘l qo‘yilmaydi
13:53 / 2023-03-18

Buxoroda “Labo” mashinasida hech qanday hujjatlarsiz 720 kilo tovuq go‘shtini olib ketayotgan haydovchi ushlandi. Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, viloyat IIB JXX JSB Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi hamda shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari hamkorligida oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida nazorat-reyd tadbirlari olib borildi. 

 Natijada 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro F.D. o‘ziga tegishli bo‘lgan mashinada veterinariya-sanitariya qoidalariga zid ravishda jami 720 kilogramm og‘irlikdagi tovuq go‘shti mahsulotlarini hech qanday birlamchi hujjatlarsiz sotish maqsadida olib ketayotgani aniqlandi.  

Fuqaroga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.  

Zarif Komilov, O‘zA