Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifatsiz gilam yangisiga almashtirib berildi
14:29 / 2023-03-24

Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro R.S. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro 2 oy oldin Buxoro shahridagi gilam do‘konidan 21 million 350 ming so‘mga 157 kvadrat metr gilam xarid qilgan, uyga olib kelganida esa gilamning 39 kvadrat metrida turli nuqsonlar borligi ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng, iste’molchi sifatsiz tovarni do‘konga qaytargan, ammo savdo do‘koni mas’ullari turli bahonalar bilan gilamni almashtirib bermagan.  

Murojaat jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganilib, fuqaro xarid qilgan 21 million 350 ming so‘mlik gilam sifatlisiga almashtirib berildi.  

O‘zA