Sifatsiz futbolka salomatlikka xavf tug‘diradi
Xorazm viloyati Urganch shahridagi erkaklar kiyimi savdosi bilan shug‘ullanuvchi "XON BOZOR" savdo do‘konida Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan nazorat xaridi o‘tkazildi.
Tekshiruv jarayonida Xitoyda ishlab chiqarilgan HOOP brendi ostidagi erkaklar futbolkasi akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasi tomonidan ko‘rib chiqildi. Natijada, ushbu mahsulot texnik reglament talablariga javob bermasligi aniqlandi.

Salbiy oqibatlari: iste’molchiga iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin, allergik kasalliklar va teri yallig‘lanishiga sabab bo‘lishi ehtimoli bor. Savdo nuqtasi obro‘siga putur yetkazib, mijozlar ishonchini pasaytiradi.
Hamroz Bayanov,
O‘zA