Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifatsiz dorilar yo‘q qilindi
17:22 / 2024-10-15

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Namangan shahar bo‘limi tomonidan yurtimizga noqonuniy, yashirin yo‘llar bilan kirib kelgan, umumiy qiymati 1 milliard 186 million so‘mlik, 30 turdagi dori vositalari yo‘q qilindi.

Bugungi kunda mamlakatimizda farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish, aholini sifatli dori va tibbiy vositalar bilan ta’minlash borasida tizimli chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Lekin ayrim “uddaburon”lar bu imtiyoz va imkoniyatdan foydalanish o‘rniga xorijda ishlab chiqarilgan, sifati kafolatlanmagan dori vositalarini respublikamizga yashirincha olib kirishga urinmoqda. 

Jumladan, joriy yilning fevral oyida bir guruh shaxslar chetdan katta miqdorda dori vositalarini olib o‘tishga uringan. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bu mahsulotlarni to‘xtatib qolishadi. Olib borilgan surishtiruv, tergov harakatlari davomida guruhning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, sudning hukmiga ko‘ra ularga jazo tayinlanadi. 

– Huquqbuzarlardan olib qo‘yilgan ashyoviy dalil sifatida qayd etilgan inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan 30 turdagi 29 ming 600 ta sefraksion, 5 ming 759 quti prsulfin, 1 ming 758 ta panangin, 1 ming 800 ta snup va yana boshqa dori vositalarini tegishli tartibda yo‘q qilish belgilangan, – deydi MIB Namangan viloyat boshqarmasi mas’ul xodimi Sohibjon Rafiqov. – Aynan huquqni muhofaza qilish organlari, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmalari vakillari ishtirokidagi tadbirda sifatsiz dorilar kuydirish va to‘kish yo‘li bilan yo‘q qilindi. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.