Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifatsiz dori vositalarini sotayotgan dorixonaga chora ko‘rildi
11:03 / 2025-02-04

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Qoratosh mavzesi, 2-uy manzilida joylashgan “Dono Trade Farm” MCHJga tegishli dorixonaning litsenziya talab va shartlarini buzganlik holati aniqlandi. Bu haqda SSV huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi“ davlat muassasasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tegishli muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan dori vositalarini saqlayotgan va realizatsiya qilayotgan “Dono Trade Farm” MCHJning litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi.  

Hamda “Dono Trade Farm” MCHJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2021 yil 18 iyunda berilgan TN 857-sonli litsenziya bekor qilindi.  

Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, mazkur dorixona litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar)ning yagona reyestriga kiritilganini ma’lum qilamiz deyiladi, xabarda.  

M.Qosimova, O‘zA