Sifatsiz benzin sotgan tadbirkor javobgarlikka tortildi
Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Samarqandda o‘tkazilgan nazorat tadbirida “O. B.” MCHJga tegishli yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi AI-92 markali avtobenzin laboratoriya tahlilidan o‘tkazilgan.
Tahlil natijasida mahsulot davlat standartlari talablariga javob bermasligi, ya’ni sifatsiz ekani aniqlangan.
Mazkur aniqlangan qoidabuzarliklar asosida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli qonuni 43-moddasiga muvofiq, sotilgan 1 420 litr avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida AYOQSH egasiga jarima chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, mazkur shoxobchada saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va ularning sifatini qayta tiklash bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
N.Ziyodullayeva tayyorladi,
O‘zA