Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifatsiz antifriz va oyna tozalovchi suyuqlik sotuviga chek quyildi
15:25 / 2026-01-05

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Qashqadaryo viloyati bo‘limi tomonidan Qarshi shahridagi avtomobillar ehtiyot qismlari bozorida “BIO COIL” brendi ostida sotilayotgan antifriz hamda oyna tozalovchi suyuqlik mahsulotlari bo‘yicha nazorat xaridi o‘tkazildi.

Nazorat xaridi doirasida olingan mahsulotlar akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyada sinovdan o‘tkazildi.  

Tahlil natijalariga ko‘ra, “BIO COIL” antifriz mahsuloti amaldagi texnik reglamentlar talablariga javob bermasligi aniqlandi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, mazkur mahsulotning past issiqlik o‘tkazuvchanligi dvigatelning qizib ketishiga, shuningdek, ayrim agregat va detallarning zanglashiga olib kelishi mumkin.

Shuningdek, “BIO COIL” oynani tozalovchi suyuqligi qish mavsumida muzlab qolishi ehtimoli mavjud bo‘lib, bu shisha yuvish tizimining ishdan chiqishi hamda haydovchining ko‘rish maydoni cheklanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ayni paytda mahsulot tarkibida inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimol qilingan moddalar bo‘lishi ham mumkin.

Hamroz Bayanov,

O‘zA