Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifatli xizmat – asosiy maqsad
14:11 / 2023-09-04

FOTOREPORTAJ

Farg‘onalik malakali shifokor Nigora Abdurahmonova ancha yillardan beri xususiy klinika faoliyatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirib yurgan edi. Aniq maqsad va ezgu niyati amalga oshib, Farg‘ona shahrida «Dinastiya» xususiy klinikasini ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Klinikada reproduktiv salomatlik, kardiologiya, urologiya, endokrinologiya, gastroenterologiya va genetik tekshiruvlar kabi yo‘nalishlarda tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda. Bu yerda klinik bioximiyaviy, laboratoriya tekshiruvlarining barcha turlari, 20 ta yo‘nalishda yuzdan ortiq tahlillar olib borilyapti.

[gallery-13431]

- Tibbiy maskanimizda aholiga ambulator hamda statsionar sharoitda  tibbiy maslahat-diagnostika xizmatlari ko‘rsatiladi, - deydi Nigora Abdurahmonova. - Klinikaga zamonaviy talablarga javob beradigan ultratovush, fizioterapiya uchun mo‘ljallangan jihozlar keltirilgan.  Asosiy maqsadimiz – aholiga sifatli va munosib tibbiy xizmat ko‘rsatishdir.

 

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA