Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifatli urug‘ – mo‘l hosil garovi
09:54 / 2022-08-08

Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi "Guliston elita urug‘chilik xo‘jaligi" MCHJ paxta dalasida 2022 yil hosili uchun urug‘lik maqsadida ekilgan g‘o‘za maydonlarida dala aprobatsiyasini o‘z muddatida o‘tkazish va sifatli urug‘lik jamg‘arish mavzusida viloyat seminari tashkil etildi.

Seminarda viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, tegishli tashkilot rahbarlari, “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” mas’ullari, seleksioner olimlar va viloyatda 2022 yil hosili uchun ekilgan g‘o‘za nav mualliflari, urug‘lik paxta yetishtiruvchi fermerlar ishtirok etdi.

Viloyat bo‘yicha 2022 yil hosili uchun ixtisoslashgan hududlarda urug‘lik paxta yetishtirishga 259 fermer xo‘jaligi tanlab olinib, 6742 gektar maydonda urug‘lik chigit yetishtirilmoqda. Xususan, Sulton navi 3977 ga, S-6524 navi 1800 ga, Buxoro-102 navi 735 ga, Guliston navi 205 ga va yangi navlar 25 gani tashkil etadi.

Seminarda urug‘lik yetishtirishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar to‘g‘risida tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

 

Sh.Suyarov, F.Toshmatov (surat), O‘zA