Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifatli toladan zamonaviy kiyim-kechaklar
16:23 / 2015-10-06

Prezidentimizning 2015-yil 30-iyuldagi farmoyishiga muvofiq, shu yilning 15-16-oktabr kunlari Toshkentda XI O‘zbekiston xalqaro paxta yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Har yili o‘tkazilayotgan yarmarkada“O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi to‘qimachilik va tikuvchilik-trikotaj korxonalari ham o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Prezidentimizning 2015-yil 30-iyuldagi farmoyishiga muvofiq, shu yilning 15-16-oktabr kunlari Toshkentda XI O‘zbekiston xalqaro paxta yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Har yili o‘tkazilayotgan yarmarkada“O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi to‘qimachilik va tikuvchilik-trikotaj korxonalari ham o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Samarqand shahridagi “Bofanda” mas’uliyati cheklangan jamiyati mazkur xalqaro tadbirning doimiy qatnashchisidir. Korxonada paxta xomashyosidan tayyorlanayotgan trikotaj mahsulotlar nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham xaridorgir bo‘lib bormoqda.

2c (3).JPG

– Ishlab chiqarish texnologiyasi va sexlarning eskirishi natijasida bir muddat korxona faoliyati to‘xtab qolgan edi, – deydi “Bofanda” mas’uliyati cheklangan jamiyatining tijorat ishlari bo‘yicha direktori Ja’far Abdullayev. – Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimiz yengil sanoat tarmog‘ida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilgani, soha uchun imtiyoz va preferensiyalar berilgani bunday korxonalar hayotida yangi davrni boshlab berdi. Tegishli davlat dasturi asosida 2012-2014-yillarda korxonada rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari amalga oshirildi. Sexlar yangi loyiha asosida qayta qurildi, ta’mirlandi hamda janubiy koreyalik investorlar ko‘magida xorijdan zamonaviy texnologiyalar keltirib o‘rnatildi.Dizaynerlar bugungi kun talabidan kelib chiqib, bolalar va kattalarga mo‘ljallangan trikotaj kiyim-kechaklar namunalarini yaratmoqda. Hozirda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi ellikdan oshdi. Mahsulotlarimiz bilan doimiy ravishda mamlakatimiz va xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan ko‘rgazmalarda qatnashyapmiz. Poytaxtimizda o‘tkaziladigan an’anaviy xalqaro paxta yarmarkasiga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Mazkur tadbirda sof paxta tolasidan tayyorlangan mahsulotlarimiz bilan birga yangi o‘zlashtirilgan yo‘nalish – flis matosidan ishlab chiqarilgan kiyim-kechaklarni ham namoyish etamiz.

Bugungi kunda korxona yurtimizning turli hududlarida o‘z savdo shoxobchalariga ega. Xorijiy mamlakatlardagi savdo uylari orqali ham buyurtmalar qabul qilib, mijozlarga yuqori sifatli mahsulot yetkazib bermoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanilishi natijasida yo‘lga qo‘yilgan “Internet-magazin” tarmog‘i ham “Bofanda” yorlig‘i bilan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar xaridorlari ortishiga xizmat qilayotir.

Ikki yuz nafardan ortiq xotin-qiz va yoshlar mehnat qilayotgan korxonada ishchilarni ming nafarga yetkazish ko‘zda tutilgan. Bu ish o‘rinlarining asosiy qismi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga mo‘ljallangan.