Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifatli tibbiy xizmat — sog‘lom hayot omili
15:04 / 2022-10-04

Buxoroda sug‘urta tizimi mexanizmlarini joriy etish, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan viloyatdagi uchta tibbiyot muassasasi bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirga tuman va shahar tibbiyot birlashmalari boshliqlari, ko‘p tarmoqli markaziy, oilaviy poliklinikalar, Oilaviy shifokor punktlari mudirlari hamda viloyat davolash profilaktika muassasalari rahbarlari ZOOM (platformasi) orqali qatnashdi.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan davr mobaynida Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi byudjet mablag‘lari hisobidan Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy, Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida jami 455 nafar bemorlarda yuqori texnologik operatsiyalar o‘tkazilgan, tibbiy xizmat ko‘rsatilgan.

Shartnomaga muvofiq ajratilgan mablag‘lar tibbiyot muassasalari tomonidan Prezidentimizning 2003 yil 26 fevraldagi farmoni 2-ilovasi bilan tasdiqlangan imtiyozli toifadagi shaxslarni hamda Adliya vazirligida 2022 yil 9 fevralda 3348-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan davolanadigan kasalliklarni davolashda maqsadli ishlatilishi va barcha bemorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar IT-MED dasturida (https://mis.ssv.uz/) elektron navbat orqali QR-kodli yo‘llanmalar asosida qabul qilinishi yo‘lga qo‘yilgan.

Zamon talablaridan kelib chiqib viloyatda mavjud barcha tibbiyot muassasalari to‘liq optik tolali internet tarmog‘iga ulanganligi va hozirda Buxoro shahridagi 11 ta oilaviy poliklinikalarning barchasi hamda Kogon shahar, Vobkent, Qorako‘l, G‘ijduvon tumanlari tibbiyot birlashmalari va ularning oilaviy poliklinikalarida elektron navbat tizimi, (Teshnomed) “Elektron poliklinika” (poliklinika.ssv.uz) tizimi bilan integratsiyalash ishlari davom etmoqda.

– Tuzilgan shartnomalarga asosan imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarda 2 milliard 800 million so‘m Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi byudjet mablag‘lari hisobidan yuqori texnologik tibbiy xizmatlar ko‘rsatish ishlari boshlab yuborilgan, – deydi Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi Buxoro viloyati hududiy bosh mutaxassisi Zafar Sharipov. – Aholiga namunali tibbiy xizmat ko‘rsatish, ular sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda aholiga kafolatlangan tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qator tizimli ishlar olib borilmoqda. Viloyat aholisining salomatlik holati hamda kasallanish ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida 873 ta “Tibbiyot brigadalari” tashkil qilindi. Brigadalarga 928 nafar oilaviy shifokor va 2 ming 835 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari jalb qilindi. Har bir tibbiyot brigadalariga 0,5 hissa doya stavkasini ajratish ishlari davom etmoqda. Shuningdek, mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan ajratilgan 2,3 milliard so‘m mablag‘ hisobiga barcha zaruriy mobil diagnostika vositalari bilan ta’minlandi.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq imtiyozli toifadagi shaxslarga bazaviy narxlar doirasida tibbiy xizmat ko‘rsatayotgan Buxoro viloyati tibbiyot muassasalarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari va istiqbollari borasida muzokaralar hamda targ‘ibot va tashviqot ishlari reja – dasturga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Shahar va tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari hamda oilaviy poliklinikalarda 94 ta shifokor oldi ko‘rigi xonalari tashkil etilib, zarur tibbiy uskunalar bilan ta’minlandi. Tumanlar markazidan olis va chekka hududlarda mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etish maqsadida 120 dona konteynerlar olib kelindi va aksariyat tumanlarda (73 ta lokatsiyada) o‘rnatilib ishga tushirildi.

 

Zarif Komilov, O‘zA