FOTOREPORTAJ
Nukus shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 4-oilaviy poliklinika Qizil qum, Ipak yo‘li, Navro‘z, Navbahor, Bes tobe, Jayxun kabi mahallalarda istiqomat qiluvchi aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
2025 yilda poliklinika jamoasi ikki qavatli zamonaviy yangi bino bilan ta’minlandi. Muassasaning barcha xonalari zarur tibbiy jihoz va uskunalar bilan to‘liq jihozlangan. Aholini sifatli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, shuningdek, kerakli muolajalarni amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
[gallery-27488]
Bundan tashqari, chekka hududlarda yashovchi aholiga qulaylik yaratish maqsadida bir qator mahallalarda poliklinika filiallari tashkil etilgan. Fuqarolarni ro‘yxatga olish, kasallik varaqalarini rasmiylashtirish, bemorlarni shifokorlar qabuliga yo‘naltirish va navbatni boshqarish kabi xizmatlar to‘liq elektron tizim orqali amalga oshirilmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA