Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifatli tibbiy xizmat – bugunning talabi
17:23 / 2023-07-20

FOTOREPORTAJ

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda xususiy sektorning faol jalb qilinishi sohada sog‘lom raqobatni shakllantirish, sog‘liqni saqlash tizimida eng ilg‘or texnologiyalarni joriy etishda muhim omil bo‘lmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham bugungi kunda ana shunday samarali faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy klinikalar soni tobora ortmoqda. Nukus shahridagi «Reacenter Nukus» klinikasi shulardan biri.

Bu yerda bosh miya, yurak qon-tomir, oshqozon-ichak, umurtqa pog‘onasi, insult va nevrologik  kasalliklarni, shuningdek, fikrlashi va nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarni davolash yo‘lga qo‘yilgan. Zamonaviy shart-sharoitlarga ega klinikada 15 o‘rinli statsionar bo‘lim ham mavjud.  

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA