Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifatli ta’lim – taraqqiyot poydevori
17:58 / 2022-12-28

FOTOREPORTAJ

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2023 yilni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nomlash haqidagi taklifini barcha  mamnuniyat bilan qarshi oldi. Darhaqiqat, yurtboshimiz Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir!  

Keyingi yillarda mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish yo‘lida bir qator islohotlar amalga oshirildi. Kelgusi yildan bu jarayonlar ko‘lami yanada ortadi.  

[gallery-10105]

Farg‘ona viloyati Toshloq tumani umumta’lim maktablarida ham o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Yakunlanayotgan yilda tumandagi 7-, 20-, 43-umumta’lim maktablarida amalga oshirilgan kapital ta’mirlash va bunyodkorlik ishlari ham ushbu maqsad yo‘lidagi jarayonlardandir.  

– Yurtboshimizning ta’limga e’tibori biz, ta’lim tizimi xodimlari, pedagoglarni ruhlantirdi, - deydi 39-umumta’lim maktabi direktori Muhayyo Oxunova. – Maktabimizda o‘quvchilar barcha fanlarni, kasb-hunar va kompyuter savodxonligini puxta o‘zlashtirishi uchun zamon talablari asosida jihozlangan o‘quv xonalari mavjud. Sifatli ta’limni tashkil etishda o‘qituvchi va murabbiylarning bilim darajasi, maktabning moddiy texnik bazasi bilan bir qatorda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul ovqatlanishning  yo‘lga qo‘yilishi ayni muddao bo‘ldi. Biz ta’lim rivoji uchun  yaratilayotgan barcha imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda, tashabbusimiz, shijoatimiz va salohiyatimizni ishga solib yurtboshimiz ishonchini albatta oqlaymiz.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA