FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi 52-umumta’lim maktabida 2 ming 100 nafar o‘g‘il-qiz saboq olmoqda.
Maktabda ta’lim-tarbiya jarayonlari samarali tashkil etilgan. O‘quvchilar fan olimpiadalari, bilimlar bellashuvi hamda sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Xususan, 7 nafar o‘quvchi joriy yilgi fan olimpiadalarining viloyat bosqichida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” respublika tanlovida maktab yoshlari faxrli ikkinchi o‘rinni egallab, 75 million pul mukofotiga sazovor bo‘ldi. Xalqaro Kenguru olimpiadasida esa 34 nafar o‘quvchi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
[gallery-6873]
Ta’kidlash joiz, maktabda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq ishlar ham yuqori darajada yo‘lga qo‘yilgan. Bundan yigirma yil avval asos solingan kichik o‘rmon xo‘jaligida minglab manzarali daraxt ko‘chatlari yetishtirilmoqda.
Ta’lim maskanida turli madaniy va ma’naviy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar tashkil etish an’ana tusini olgan bo‘lib, bu yoshlar ma’naviyatni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat),O‘zA