FOTOREPORTAJ
So‘nggi yillarda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning yorqin namunasi sifatida Prezident maktablari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bu maktablar iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish va xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy ta’lim berish yo‘lida samarali faoliyat yuritmoqda.
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi Prezident maktabini bugungi kunga qadar jami 94 nafar bitiruvchi tamomladi. Ularning 30 nafari (10 nafari top-100 talikka kiruvchi) xorijiy oliy ta’lim muassasalarida 100 foizli grant asosida tahsil olmoqda. Jumladan, Times Higher Education Top Universitetlari reytingi bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinda turuvchi Harvard Universiteti, shuningdek, Top-100 talikka kiruvchi Purdue University, Bristol University, University of South Florida, Swansea University kabi AQSH va Buyuk Britaniyaning nufuzli oliygohlari talabalari safida ushbu maktab bitiruvchilari ko‘pchilikni tashkil etadi.
[gallery-23667]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA