Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifatli ta’lim – kelajakning mustahkam poydevori
07:59 / 2023-02-25

FOTOREPORTAJ

Keyingi yillarda mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish yo‘lida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Namangan viloyati Uychi tumani umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy o‘quv yili arafasida tumanning eng chekka hududi – Yangiyer mahallasida yangi bunyod etilgan 46-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning puxta bilim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar alohida e’tirofga loyiq.

[gallery-10707]

– Maktab 11,5 milliard so‘m evaziga barpo etilgan bo‘lib, ayni paytda bu yerda 311 o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda, - deydi Xalq ta’limi bo‘limi mudiri Muzaffar Mo‘minov. – Maktabda o‘quvchilar barcha fanlarni, kasb-hunar va kompyuter savodxonligini yaxshi o‘zlashtirishi uchun zamon talablari asosida jihozlangan o‘quv xonalari mavjud. Pedagoglar darslarni samarali tashkil etish uchun bor mahoratini ishga solmoqda. Quvonarlisi, o‘quvchilar duradgorlik, tokarlik, pazandachilik, chevarlik, savat to‘qish kabi o‘ndan ortiq hunarni maktabni o‘zida o‘rganmoqda.

 

Hotam MAMADALIEV (surat),O‘zA