Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifatli ta’lim: imkoniyat, izlanish va hamkorlik
18:17 / 2025-02-19

Davlatimiz rahbari joriy yilda “Buxoro davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qarorga ko‘ra, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti negizida Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etilishi nazarda tutilgan. Ikkita sohaning birlashishi nafaqat muhandislik, balki agrar tarmoq rivoji uchun ham malakali mutaxassislar tayyorlash imkoniyatini kengaytiradi.

– Ikkita institutning birlashishi bu, albatta, mana shu hudud uchun qolaversa, kadrlar salohiyati rivojiga xizmat qiladi, – deydi Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti prorektori Fazliddin Jo‘rayev. – Qolaversa, institutda hozirgi paytgacha mahalliy va xorijiy grant loyihalari  amalga oshirilib kelinmoqda. Ayni kunda 4 ta xorijiy, 7 ta mahalliy grantlar bajarildi. Ilmiy salohiyat 41 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 70 nafar doktorant bor. Albatta, grant loyihalariga o‘nga yaqin maqsadli amaliy loyihalar uchun mavzular berilgan. Bu loyihalar ham hududdagi muammolarning yechimini ilmiy amaliy yechilishiga qaratilgan. 

– Bugungi kunda yurtimizda ta’lim sohasida, ayniqsa, oliy ta’limda amalga oshirilayotgan islohotlar uzoqni ko‘zlab qilinayotgan amaliy chora-tadbir hisoblanadi, – deydi Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti kafedra mudiri Tolib Safarov. – Buni boisi, bugungi kunda dunyoda globallashuv kechayotgan bir zamonda texnik va texnologik sohaga bo‘lgan e’tibor kuchaytirmasa, albatta, orqada qoladi. Shuning uchun texnik va texnologik sohani yuksak darajada rivojlantirish nuqtai nazaridan eng yuqoriga ko‘tarish ustuvor vazifa qilib belgilangan.

[gallery-21825]

Tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash, samarali ilmiy tadqiqotlar olib borish, fan va ta’lim yo‘nalishlarida chet ellik hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli hamda izchil aloqalarni yo‘lga qo‘yish ham universitetning asosiy vazifasi hisoblanadi. Hozirda Bu borada Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti nafaqat Buxoro viloyati, balki butun respublika miqyosida ham o‘z o‘rniga ega edi. Prezidentimiz topshirig‘i asosida mazkur ishlar yangi bosqichga chiqadi.

– Ma’lumki, davlat rahbari tashabbusi bilan respublikamizda ta’lim sohasida juda katta islohotlar amalga oshirilmoqda, – deydi Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti prorektori Ibrohim Hasanov. – 2024 yil 20 iyun Prezidentimiz raisligida muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash va bu sohada oliy ta’lim faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida videoselektor o‘tkazilgan edi. Mazkur yig‘ilishda bir qator topshiriqlar berilgandi. Ushbu topshiriqqa asosan, hududlarda texnik yo‘nalishda oliy ta’lim yo‘nalishida institutlar tashkil etilishi belgilangandi. Albatta, bundan ko‘zlangan maqsad dunyoning tan olingan 300 talikka kiruvchi institutlar bilan hamkorlikda ta’lim sohasini yanada rivojlantirib, birgalikda yuqori malakali kadrlar tayyorlash vazifasi belgilangan. 

– Yangi tashkil etilayotgan universitet tarkibida bizni sohamizga tegishli bo‘lgan yetuk kadrlar tayyorlanishiga ishonchimiz komil, – deydi institut kafedra mudiri Habiba To‘xtayeva. – Shundan kelib chiqib, ekologiya sohasida, gidrogeologiya sohasida tayyorlanayotgan muhandis kadrlar kelajakda yurt ravnaqi uchun o‘z o‘rnini egallashga va shu sohada yana yetuk mutaxassislar tayyorlashga imkon yaratiladi. Ayniqsa, ekolog muhandislar, atrof-muhit muhandisi sohasida qilinayotgan ishlarni viloyat miqyosida keng targ‘ib qilishda, atrof-muhitni, suv resurslari va yer osti suvlari muhofaza qilish bo‘yicha olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni amaliyotda qo‘llashda keng imkoniyatlar yaratiladi. 

Bugungi kunda institutning xorijiy oliygohlar bilan agrar sohani raqamli boshqarish va rivojlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologiya hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlantirish, yashil energetika, mexanika, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, IT, sun’iy intellekt, smart texnologiyalari singari qator ilmiy yo‘nalishlardagi hamkorlik yo‘lga qo‘ygan. Institutda dunyoning etakchi universitetlari faxriy professori unvonini olgan olimlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Tadqiqotchilarning ilmiy ishlanma va tavsiyalari asosida Amerika Qo‘shma Shtatlari, Yevropa hamda Koreyada ham keng qo‘llanilmoqda. 

Institut hududida zamonaviy Texnopark faoliyat olib bormoqda. O‘ziga xos tajriba maydoniga aylangan ushbu maskanda professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar tomonidan ilmiy izlanishlar olib boriladi. Ta’kidlash joizki, bunday texnologik vositalarning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan hisob-kitoblar natijalari yurtimizda texnika taraqqiyoti va muhandislik sohasida raqobatbardosh kadrlar sinfini shakllantiradi. Hozirda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida yurtdoshlarimizdan tashqari Turkmaniston, Qozog‘iston, Tojikiston kabi qo‘shni davlatlardan talabalar tahsil olgan bo‘lsa, kelgusida bu auditoriya ham kengayadi.

Bundan tashqari, yirik ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarni Universitetga sanoat hamkori sifatida biriktirilishi nazarda tutilmoqda. Bu ham agrar tarmoqning yuqori suratlarda rivojlanishining muhim omillaridan biri bo‘lishiga shubha yo‘q.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari