Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifatli ta’lim har qanday muammoning kaliti
09:58 / 2022-12-22

MUNOSABAT

Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasini barcha yurtdoshlarimiz qatori ta’lim sohasida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar, shu jumladan, ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi vakillari ham katta hayajon bilan tingladilar.  

Mamlakatimiz hayotidagi o‘ziga xos tarixiy voqea bo‘lgan mazkur Murojaatnomada xalqimiz hayoti sifati va darajasini oshirishga oid o‘ta muhim vazifalar ko‘tarildi.  

Xususan, birinchi navbatda Yangi O‘zbekiston uchun eng katta investitsiya bo‘lgan ta’limni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratilishi ta’kidlandi. O‘qituvchilarning maqomini, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarurligi qayd etildi.  

Prezidentmiz kelasi yildan boshlang‘ich sinflarda mutlaqo yangi metodika asosida yaratilgan darsliklar bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yilishini, bolalarimiz maktabdan ona tili va chet tillarini puxta o‘zlashtirib, kompyuterda ishlashni o‘rganib chiqishi zarurligini, farzandlarimizni kasb-hunarlarga, san’at va madaniyatga qiziqtirishimiz, shuningdek, o‘quvchilarda erkin, tanqidiy va kreativ fikrlashni, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish zarurligini ta’kidladilar.  

2023 yilni «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb nomlanishi eng avvalo ta’lim sohasi xodimlariga juda katta mas’uliyat yuklaydi. Qolaversa, bu tashabbus ta’lim sohasi hayotimizda eng nufuzli o‘rinni egallashi uchun beqiyos imkoniyatdir. Zero dars sifati – tom ma’noda jamiyat hayoti mazmuniga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Demak, jonkuyar muallimlarimiz mehnatining mashaqqatlarini to‘laligicha anglagan holda ta’lim sohasi va pedagoglar yanada qadr topadi.  

Sohada muammolarimiz ham yo‘q emas. Xususan, joriy yilda oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarining natijalari (abituriyentlarning yarmi minimal ball to‘plashi) hammamizni hushyor torttirdi. O‘quvchi bilimidagi mavjud bo‘shliqlar, avvalo, uning muallimi bilan ham bog‘liq.  

Har qanday muammo o‘zimizniki va uni o‘zimiz hal qilishimiz lozim. Haqiqatdan, uni hech kim bizga chetdan kelib hal qilib bermaydi. Sifatli ta’lim esa har qanday muammoning kalitidir.  

Ishonchimiz komilki, 2023 yil ta’lim tizimida mehnat qilayotgan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini to‘laqonli himoyalash uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib beradi.  

Ta’lim sifatini oshirish, bilimli yoshlarni tarbiyalashda muhim o‘rin tutuvchi pedagoglarning ijtimoiy-iqtisodiy himoyasini ta’minlash, muallimlar salomatligini mustahkamlash va mazmunli dam oldirishlarini tashkil etish borasida kasaba uyushmalari tomonidan tizimli ishlar olib boriladi.  

 

Ravshan Bedilov,  

Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi