Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida 168 nafar o‘g‘il-qiz zamonaviy sharoitlarda sifatli ta’lim olmoqda.
O‘quv binosi, yotoqxona, sport zali, basseyn, oshxona, sport maydonlari, 15 o‘rinli o‘qituvchilar mehmonxonasi Prezident maktablari standarti asosida qurilgan. Maktab sinfxonalari, laboratoriyalar, sport zallari jahon andozalariga mos holda jihozlangan. Xonalarga kirishda o‘rnatilgan elektron doskalarda dars jadvali, tanaffus vaqti, o‘qituvchi haqida qisqacha ma’lumot berib boriladi. O‘quv jarayoni Kembrij universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv reja va dasturlar asosida ingliz tilida amalga oshiriladi. Buning uchun AQSH, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Filippin va Janubiy Afrika kabi davlatlardan 10 nafar chet ellik yuqori malakali mutaxassis tanlab olinib, dars mashg‘ulotlariga jalb qilingan. Shuningdek, 20 nafar tajribali mahalliy o‘qituvchi yoshlarga saboq berib kelmoqda.
[gallery-19748]
Ayni kunda ta’lim dargohidagi o‘qituvchi va o‘quvchilar 21 oktyabr – O‘zbek tili bayramiga tayyorgarlik tadbirlarini boshlab yuborgan.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/yZnpxedV--M" title="Sifatli taʼlim – barqaror kelajak kafolati" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muqimjon QODIROV (surat, video), O‘zA