Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifatli ta’lim – davr talabi
21:00 / 2018-03-30

Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi Fayzobod mahallasida 60 o‘rinli “Angels” hamda Ko‘hinur mahallasida 50 o‘rinli “Qalb nur kids” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari foydalanishga topshirildi?.

Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi Fayzobod mahallasida 60 o‘rinli “Angels” hamda Ko‘hinur mahallasida 50 o‘rinli “Qalb nur kids” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari foydalanishga topshirildi?.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat va tuman hokimliklari mas’ullari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahallalar faollari va yoshlar ishtirok etdi.

3.JPG

Mamlakatimizda yosh avlodning jismonan sog‘lom va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarni puxta egallashi uchun barcha sharoit yaratilayotgani ta’kidlandi.

Muassasalar yumshoq va qattiq mebellar jamlanmasi, maxsus krovatlar, musiqa asboblari, turli o‘yinchoq va boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Hovlida bolalar o‘yin maydonchasi, mo‘jaz bog‘ barpo etilgan. Jamoa malakali tarbiyachi va shifokorlardan iborat.

4.JPG

Bugungi kunda mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’limni rivojlantirish va faoliyatini takomillashtirish, tarbiyalanuvchilar uchun qulay sharoit yaratish yuzasidan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilning mart oyida xuddi shunday maktabgacha ta’lim muassasasi Bekobod shahri va Chinoz tumanida ham ochilgan edi.

Ayni paytda Toshkent tumanida maktabgacha ta’lim yoshidagi 17 mingdan ziyod bola bor. Hududda faoliyat yuritayotgan 36 maktabgacha ta’lim muassasasi 4 ming 823 tarbiyalanuvchini qamrab olgan.

1.JPG

Joriy yilda viloyat miqyosida davlat-xususiy sheriklik asosidagi 228 nodavlat MTM tashkil etilishi mo‘ljallangan.