Sifatli sport anjomlari
Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi sport anjomlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Mini teks” mas’uliyati cheklangan jamiyatida futbol to‘pi, bokschilar uchun maxsus qop, charm qo‘lqop, himoya qalpog‘i kabi 50 turdagi mahsulot tayyorlanmoqda.
Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi sport anjomlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Mini teks” mas’uliyati cheklangan jamiyatida futbol to‘pi, bokschilar uchun maxsus qop, charm qo‘lqop, himoya qalpog‘i kabi 50 turdagi mahsulot tayyorlanmoqda.Ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish maqsadida joriy yilda “Hamkorbank” ko‘magi bilan xorijdan zamonaviy texnologiyalar keltirilib, yangi sex tashkil etildi. Mustaqilligimizning 26-yilligi arafasida foydalanishga topshirilishi mo‘ljallangan mazkur sex faoliyat boshlashi bilan yana 60 ish o‘rni yaratiladi. Ichki bozorda o‘z o‘rnini egallagan korxona mahsulotlariga tashqi bozorda ham talab ortmoqda.