FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Uychi tumanida ekin maydonlarini kuzgi shudgorlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Tumanda 7099 gektar maydon shudgorlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, buning uchun 10 ta otryad shakllantirilgan va 21 ta texnika jalb qilingan. Hozirga qadar 4 ming 600 gektardan ortiq maydonda kuzgi shudgorlash yakunlandi.
[gallery-26382]
Shuningdek, hududlardagi ariq-zovurlarni betonlashtirish, qazish va yerga yer qo‘shish ishlari ham olib borilmoqda. Tumanda joriy yilda 34 km. ariq-zovurlarni betonlashtirish ko‘zda tutilgan.
Viloyat rahbari mazkur yumushlar bilan tanishar ekan, kuz-qish davomida olib boriladigan har bir yumush kelgusi yil mo‘l hosili uchun muhimligi, yerga yer qo‘shish masalasiga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi. Bu bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA