Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifatli shudgor – mo‘l hosil omili
16:53 / 2014-07-07

Buxoro viloyati g‘allakorlari bu yil 65,6 ming gektar yerda mo‘l hosil yetishtirdi. Ayni kunda vohada yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay yig‘ib-terib olish ishlari qizg‘in davom etmoqda. 

Buxoro viloyati g‘allakorlari bu yil 65,6 ming gektar yerda mo‘l hosil yetishtirdi. Ayni kunda vohada yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay yig‘ib-terib olish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

– Bu ishga bir yuz oltmishdan ortiq zamonaviy kombayn va boshqa ko‘plab texnika vositalari jalb etilgan, – deydi viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Nasriddin Mahmudov. – Hosili yig‘ib olingan yerlar peshma-pesh shudgor qilinmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ekindan bo‘shagan yerni chuqur haydash kerak. Shunda begona o‘tlarning urug‘i yerning pastki qatlamiga tushib, chiriydi. Ekin hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan zararkunandalar nobud bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, vaqtida shudgor qilingan yerda hosildorlik o‘rtacha 8-10 sentnergacha oshadi. Buni yaxshi bilgan dehqonlar g‘alladan bo‘shagan maydonlarni sifatli shudgorlashga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Shu kungacha hosili o‘rib olingan qariyb 25 ming gektar yer shudgor qilindi. Buning uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilgan. Haydov otryadlari o‘z vaqtida yoqilg‘i-moylash hamda ehtiyot qismlar bilan ta’minlanmoqda.