French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifatli mahsulotlar eksport qilinmoqda
11:36 / 2026-02-20

Andijon tumanidagi “Texno-innovator” mas’uliyati cheklangan jamiyati plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Ayni kunda korxonada 200 dan ortiq turdagi plastmassa mahsulotlari ishlab chiqariladi.

– Korxonamiz 2007-yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Xitoy davlatining zamonaviy texnologiyalari asosida ish olib boruvchi korxonada import o‘rnini bosuvchi plastmassa mahsulotlari, shuningdek, Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqariladigan avtomobillar uchun bir necha turdagi plastmassa ehtiyot qismlari tayyorlanadi. Birgina o‘tgan yilning o‘zida korxonada umumiy qiymati 45,1 milliard so‘mga teng bo‘lgan 7,5 million dona mahsulot ishlab chiqarildi. Shu jumladan, 1 million 210 ming dollarlik mahsulot qo‘shni Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston va boshqa davlatlarga eksport qilindi, – deydi “Texno-innovator” MCHJ ta’sischisi Farhodbek Mirzayev. 

Ishlab chiqarish hajmi, mahsulot sifati va turini oshirish borasida keyingi yillarda korxonada e’tiborga molik ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2024-yilda Xitoydan qiymati 674 ming AQSH dollariga teng 5 xil turdagi,  2025-yilda esa 790 ming AQSH dollari qiymatdagi 4 xil turdagi “termoplast dastgohi”, bir necha turdagi qolip olib kelinib, ishga tushirildi. Natijada korxonaning imkoniyatlari yanada kengaydi, mahsulotlar sifati ortdi. 

[gallery-27763]

Ayni kunda korxonada 125 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Ularning samarali ish olib borishi uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. Xususan, dam olish xonasi, tibbiy punkt, bepul tushlik tashkil etilgan.

Bundan tashqari, qator texnikumlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, “Korxona-ta’lim muassasasi” hamkorligi asosida o‘quvchilarga nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlashi uchun shart-sharoitlar yaratilgan. 

Ta’kidlash kerak, rahbariyatning izlanishi, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni joriy etish, ishchi-xizmatchilarga yaratib berilayotgan qulay shart-sharoitlar korxona erishayotgan yutuqlarning asosiy omili bo‘lmoqda. 

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (foto), O‘zA muxbirlari.