Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifatli go‘sht mahsulotlari arzon narxlarda
16:06 / 2020-12-10

Xalqimizga arzon va sifatli go‘sht mahsulotlari yetkazib berish maqsadida Namangan viloyati Uychi tumani markazida “Ulug‘ sulton ziyo” fermer xo‘jaligi tomonidan “Elga xizmat” savdo do‘koni ish boshladi.

E’tiborli tomoni,  mol va parranda go‘shti mahsulotlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri fermer xo‘jaligidan keltirilib, bozordan birmuncha arzon narxda sotilmoqda. Masalan, mol go‘shti 48 ming, qo‘y go‘shti 60 ming, tovuq go‘shti 16 ming so‘mdan. Do‘konda o‘rdak, quyon go‘shti sotuvi ham yo‘lga qo‘yiladi. Mahsulotlarni plastik kartochka  orqali ham xarid qilish mumkin.

[gallery-358]

Savdo do‘konining ochilish marosimida ishtirok etgan tuman hokimi M. Apaqov xalqimiz  roziligi yo‘lida amalga oshirilayotgan bunday tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanishini  ta’kidladi.

 

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA