Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifati kafolatlanmagan dorilar sotuvi to‘xtatildi
17:47 / 2026-03-09

Aholi salomatligi xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Buxoro viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi.

Xususan, G‘ijduvon tumanida yashovchi, 1994 y.t. fuqaro o‘z oila a’zolari bilan birgalikda, uy sharoitida qo‘lbola usulda dori vositalarini tayyorlab kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

So‘ngra, qonunbuzarlar tomonidan dori vositalarini saqlash uchun 1 ta manzil va realizatsiya qilish uchun 2 ta dorixonadan foydalanilayotganligi aniqlanib, ular tegishli tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, ushbu manzillardan jami 193 turdagi 47821 dona, umumiy taxminiy qiymati 500 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan, kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan va qo‘lbola usulda tayyorlangan dori vositalari, shuningdek, 6989 dona dori vositalarining bo‘sh qutilari, yorliqlar, 3 dona dorilarni qadoqlash uskunasi va 2 qop yo‘riqnomalar saqlanib kelinayotganligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Mazkur dori vositalari “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DMga rasmiy xulosa olish uchun yuborildi. 

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari amalga oshirilmoqda.

Hurmatli fuqarolar kundalik hayotda bu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.