English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifati kafolatlanmagan dori vositalari fosh etildi
12:15 / 2025-11-28

Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarining yashirin aylanmasiga qarshi tizimli tarzda chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Xususan “Dovut-ota” chegara bojxona postiga Rossiya Federatsiyasidan kirib kelgan O‘zbekiston fuqarosiga tegishli MAN rusumli avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.  Natijada bojxona nazorati davomida taqdim etilmagan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, sifati kafolatlanmagan “Konkor” nomli jami 2 ming 600 dona dori vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri