Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifati kafolatlanmagan buyumlar to‘xtatib qolindi
10:24 / 2020-12-14

Bojxona organlari tomonidan bir qator strategik tovarlarning sifatsiz va inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan turlarini noqonuniy yo‘llar orqali olib kirilishiga qarshi tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Navoiy xalqaro aeroportida bojxona ko‘rigi natijasida ana shunday noqonuniy tovrlarni olib kirish orqali foyda olishni ko‘zlagan “tadbirkor”larning nayrangi fosh etildi.  

- Xorijiy aviareys bilan yuborilgan kurerlik jo‘natmalari bojxona xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada sifati kafolatlanmagan, bojxona nazoratidan yashirilgan va hujjatlarda ko‘rsatilmagan umumiy qiymati qariyb 28 million so‘m bo‘lgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari borligi aniqlandi. Yana bir xorijiy aviareys bilan yuborilgan kurerlik jo‘natmalari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati qariyb 40 million so‘m bo‘lgan ko‘z linzalari borligi ma’lum bo‘ldi, - deydi boshqarma matbuot xizmati rahbari Bektemur Inomov.

Shuningdek, Navoiy xalqaro aeroportiga “Moskva-Navoiy” yo‘nalishi bilan uchib kelgan fuqaro S.A “Navoiy aeroporti” chegara bojxona postining kirish yo‘nalishida “yashil” yo‘lak orqali xarakatlanib kelayotganda qo‘l yuki va bagajlarini belgilangan tartibda, xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida tegishli hujjatlari bo‘lmagan hamda bojxona nazoratidan yashirilgan 1 dona “uchuvchisiz uchish qurilmasi” (dron) borligi aniqlandi va vaqtincha saqlovga olindi.  

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Abduvali BO‘RIEV, O‘zA