French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifati kafolatlanmagan ayron ichimligi savdosi aniqlandi
17:02 / 2022-06-06

Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining Bektemir tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan "Qo‘yliq dehqon bozori"da belgilangan tartibda sanitariya nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Tuman Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tadbir natijasida 45 kilogramm bodring tuzlamasi iste’molga yaroqsiz deb topildi va o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilindi.  

Bundan tashqari, sifati kafolatlanmagan, ishlab chiqarilishi noma’lum bo‘lgan ayron ichimligi savdosi aniqlandi. 35 litr ayron ichimligi o‘rnatilgan tartibda yo‘q (brakovka) qilindi. 

Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan bozor ma’muriyati, javobgar shaxslar va fuqarolarga ovqatdan zaharlanish va uning oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyanomalar berildi hamda ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.  

Mohigul Qosimova, O‘zA