Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifat va xavfsizlik talablari buzilgan korxona aniqlandi
14:17 / 2026-01-27

Xorazm viloyati Xiva tumanida joylashgan “L.B.” mas’uliyati cheklangan jamiyatida viloyat inspeksiyasi xodimlari tomonidan davlat nazorati tadbirlari o‘tkazildi.

Tekshiruv jarayonida korxonada ishlab chiqarilayotgan temir-beton mahsulotlarining amaldagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash uchun zarur bo‘lgan sinov laboratoriyasi mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, mahsulotlar belgilangan standartlarga muvofiq ravishda davriy sinovlardan o‘tkazilmagani ham qayd etildi.

Mutasaddi organlar mazkur holatlar O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni 22-moddasi talablariga zid ekanini bildirdi.

Aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan korxonaning mas’ul mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ish hujjatlari ko‘rib chiqish uchun sudga yuborildi.

Hamroz Bayanov,

O‘zA